19 mar 08:21
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. “Katta Dubulg'a”dagi eng yaxshi natijamiz 7-o'rin bo'ldi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tdi.
Dunyoning 34 davlatidan polvonlar ishtirok etgan musobaqada yurtimiz sharafini 3 nafar dzyudochimiz himoya qildi. Ulardan eng yaxshi natijani tajribali Dilshod CHoriev qayd etdi. -90 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan dzyudochimiz 7-o'rin bilan kifoyalandi.
Terma jamoamizning qolgan ikki azosi Davlat Bobonov (-81 kg) va Ixtiyor Xolmurotov (+100 kg) guruh bosqich bahslaridayoq mag'lubiyatga uchrashdi. Musobaqada dzyudo vatani Yaponiya terma jamoasi 6ta oltin, 1ta kumush, 3ta bronza medali bilan birinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikdan Rossiya va Braziliya terma jamoalari joy olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar