15 iyu 10:40
Yangiliklar
Dzyudo. Osiyo chempionatida 12 ta medal bilan birinchi bo'ldik
Quvonarlisi, O'zbekiston kadetlar terma jamoasi qita chempionatida jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida 14 ta davlat orasida birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. SHulardan 3 tasi oltin, shunchasi kumush, 6 tasi bronza medalidir.
Osiyo chempionatining birinchi kungi bahslarida sportchilarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan taqdirlanishgan edi. Ikkinchi kungi bellashuvlar esa terma jamoamizga yana 5 ta medalni taqdim etdi.
Janubiy Koreya terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan ikkinchi bo'ldi. Ikkita oltin, 6 ta kumush, 7 ta bronza medalini qo'lga kiritgan Qozog'iston terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi.
Sovrindorlar safidan joy olgan sportchilarimiz:
-55 kg: Xurshidbek Abdusaidov (oltin)
-40 kg: Halimajon Qurbonova (oltin)
-48 kg: Sita Qadamboeva (oltin)
-40 kg: Yulyana
Maksetbaeva (kumush)
+90 kg: Edgar Grigoryan (kumush)
+70 kg: Mohinasaxon Husanova (kumush)
-44 kg: SHukurjon Aminova (bronza)
-52 kg: Nilufar Ermagembetova (bronza)
-57 kg: Madina Astanova (bronza)
-60 kg: Zafarbek O'rmonaliev (bronza)
-73 kg: Ozodbek Murotov (bronza)
-81 kg: Muzaffarbek Turobboev (bronza)
Fikrlar