27 may 21:15
Yangiliklar
Dzyudo. Osiyo chempionatida 2 ta bronza qo'lga kiritildi
Xabar berganimizdek, kunning birinchi yarmida o'tkazilgan bahslar yakuniga ko'ra, 5 nafar dzyudochimiz bronza medali uchun kurash olib borishi malum bo'lgandi.
Ulardan ikki nafari o'tish bahslarida muvaffaqiyatga erishib, yakunda bronza medali bilan taqdirlanishdi. Erkaklar o'rtasidagi -90 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Muhammadkarim Hurramov bronza medalini qo'lga kiritdi.
Hurramov o'tish bellashuvida eronlik Vohid Nurini mag'lubiyatga uchratdi. Bronza uchun kechgan bahsda esa koreyalik Dong Xan Gvakdan ustun keldi. Yana bir bronza medaliga Muhriddin Tilovov egalik qildi.
Muhriddin bronza yo'lida avvaliga SHimoliy Koreya vakili Yong Jae Anni, keyin esa tojikistonlik Suhrob Boqievni taslim etdi. O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 29 davlat orasida 8-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar