28 iyu 08:22
Yangiliklar
Dzyudo. Osiyo Kubogida umumjamoa hisobida ikkinchi bo'ldik+FOTO
“Gazprom” sport majmuasida o'tgan Ochiq qita Kubogida yurtimiz va mezbon sportchilardan tashqari Rossiya, Janubiy Koreya, Qozog'iston, Mo'g'uliston, Hindiston, Xitoy Taypeyi kabi 12ta davlatdan kelgan 370 nafar dzyudochi jami 32ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib bordi.
O'zbekiston terma jamoasi ham Issiqko'ldagi ushbu musobaqada to'liq tarkib bilan ishtirok etdi. Dzyudochilarimiz yakunda 4ta oltin, 5ta kumush, 6ta bronza, jami 15ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi.
Hamyurtlarimizdan o'z vazn toifalarida Avazbek Ismoilov (73 kg), Sita Aminova (48 kg), Nilufar Erganbetova (52 kg) va Irisxon Qurbonboeva (63 kg) barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.
Ettita oltin, bitta kumush, 9ta bronza medalini qo'lga kiritgan Qozog'iston terma jamoasi dzyudochilari umumajamoa hisobida birinchi bo'lishdi. Bittadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo'lgan Mo'g'uliston terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi.
Fikrlar