01 mar 09:07
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. O'smirlarimiz Evropa Ochiq chempionatiga yo'l olishdi
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Evropa Ochiq chempionatida ishtirok etish maqsadida Turkiyaga jo'nab ketdi.
Antaliya shahri mezbonlik qiluvchi ushbu nufuzli musobaqa 1-5 mart kunlari oralig'ida o'tkaziladi. Ushbu turnirda yurtimiz sport sharafini Iskandar Rasulov va Bayrambay Satullaev murabbiyligidagi yosh dzyudochilarimiz himoya qilishadi.
Terma jamoa tarkibidan 55 kg vaznda Maqsud Ochilov, 66 kilogrammda Jayxunbek Nazarov, +90 kiloda Temurbek Xojiev, qizlarimizdan 52 kg vaznda Halimajon Qurbonova, 63 kg vazn toifasida esa Nilufar Ermaganbetova va Farangiz Xolmurodovalar joy olishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar