17 dek 08:27
Yangiliklar
Dzyudo. Rossiyadagi “Masters”da bitta medal qo'lga kiritildi
Ushbu nufuzli yilning so'nggi musobaqasida dunyoning 46 mamlakatidan sara sportchilar ishtirok etyapti. Kecha turnirning birinchi kuni to'rt nafar dzyudochimiz tatamiga chiqdi. Ulardan faqat birigina sovrindorlar safidan joy oldi.
-60kg vazn toifasida yurtimiz sport sharafini himoya qilgan SHarofiddin Lutfullaev bronza medali uchun kechgan bahsda rossiyalik Robert Mshvidobadzeni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi.
-73kg vazndagi hamyurtimiz G'iyosjon Boboev esa bronza medali
uchun bo'lib o'tgan uchrashuvda shveciyalik raqibiga imkoniyatni boy berib, beshinchi
o'rin bilan kifoyalandi.
Bugun Yahyo Imomov (-90kg), qizlarimizdan Gulnoza
Matniyazova (-70kg) va Kumush Yo'ldosheva (-78kg) “Masters” turnirida o'z
mahoratlarini namoyish etishadi. Hozircha terma jamoamiz bitta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 10-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar