So’nggi yangiliklar

09:57Илия Топурия: "Вақт ўтяпти, лекин тахт қимирламаяпти" 0 09:36Шифокор Том Аспиналлнинг жароҳати ҳақида: "Биз хавфли нарса топмадик" 0 09:15Ламин Ямаль қимматбаҳо харидни амалга оширади 0 08:54Жанг қилганига кўп бўлмаган Фурқатбек Ёқубовнинг навбатдаги рақиби эълон қилинди 0 08:33Ислам Махачев жангга тайёргарлик ҳақида: "Жуда оғир лагерь. Ҳар машғулотдан кейин кўп еяпман" 0 08:12Регби-7. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Asia Rugby Emirates Sevens Trophy-2025 ғолиби! 0 07:51"Реал" Винисиусни "Эл Классико"даги реакцияси учун жазолайдими? 0 19:30ITF W15 Tashkent халқаро турнири ғолибаси аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:09Ёш қиличбозларимиз Осиё чемпионатида 3 та медалга эга чиқишди 0 18:48Мэнни Пакьяо IBA вице-президенти бўлди 0 18:13"Барселона" — Мбаппенинг "севимли" жамоаси 0 17:52Дана Уайт Емельяненконинг эҳтимолий бокс жанги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:31Жон Жонс Перейранинг Оқ уйда жанг қилиш таклифига муносабат билдирди 0 17:10WTA рейтинги. Биринчи ракеткамиз кўтарилди, Влада ҳам 30 поғона юқорилади 0 16:49Алонсо Винисиуснинг ножоиз хатти-ҳаракатларига муносабат билдирди 0

17 iyu 08:45
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Yoshlarimiz Osiyo chempionatida 10 ta medal bilan to'rtinchi bo'lishdi

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Qitamizning 17 davlati dzyudochilari qatorida yurtimiz sportchilari ham Osiyo chempionati medallari uchun tatamiga chiqishdi. Musobaqaning birinchi kuni terma jamoamiz azolari jami 8 ta medalni qo'lga kiritishgandi. Ikkinchi kungi bahslarda esa dzyudochilarimiz 2 ta medal bilan kifoyalanishdi.

O'nta medaldan ikkitasi oltin bo'lib, kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey SHturbabinning o'g'li Artyom -66 kg vaznda barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Osiyo chempioniga aylandi.


Terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni -73 kg vaznda tatamiga chiqqan Muso Sobirov taqdim etdi. U finalda mo'g'ulistonlik Batbold Bulganni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi.

Hamyurtlarimizdan SHermuhammad Jandreev, Manucher SHirinov, Behruz Amandavlatov, Gulnur Muratbaeva va Sanobar Sultonova kumush medalni qo'lga kiritdi. Alisher Yusupov, Kimyo Marasulova va Kemran Nurullaev bronza medali bilan taqdirlandi.

Osiyo chempionati yakunida terma jamoamiz 10 ta medal bilan umumjamoa hisobida to'rtinchi o'rinni band etishdi. Hisobida 5 ta oltin, 6 ta bronza medali bo'lgan dzyudo vatani Yaponiya terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing