So’nggi yangiliklar

10:18Акбар Жўраев: "Лос-Анжелесда кумушни олтинга айлантирамиз" 0 09:57Илия Топурия: "Вақт ўтяпти, лекин тахт қимирламаяпти" 0 09:36Шифокор Том Аспиналлнинг жароҳати ҳақида: "Биз хавфли нарса топмадик" 0 09:15Ламин Ямаль қимматбаҳо харидни амалга оширади 0 08:54Жанг қилганига кўп бўлмаган Фурқатбек Ёқубовнинг навбатдаги рақиби эълон қилинди 0 08:33Ислам Махачев жангга тайёргарлик ҳақида: "Жуда оғир лагерь. Ҳар машғулотдан кейин кўп еяпман" 0 08:12Регби-7. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Asia Rugby Emirates Sevens Trophy-2025 ғолиби! 0 07:51"Реал" Винисиусни "Эл Классико"даги реакцияси учун жазолайдими? 0 19:30ITF W15 Tashkent халқаро турнири ғолибаси аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:09Ёш қиличбозларимиз Осиё чемпионатида 3 та медалга эга чиқишди 0 18:48Мэнни Пакьяо IBA вице-президенти бўлди 0 18:13"Барселона" — Мбаппенинг "севимли" жамоаси 0 17:52Дана Уайт Емельяненконинг эҳтимолий бокс жанги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:31Жон Жонс Перейранинг Оқ уйда жанг қилиш таклифига муносабат билдирди 0 17:10WTA рейтинги. Биринчи ракеткамиз кўтарилди, Влада ҳам 30 поғона юқорилади 0

16 iyu 10:01
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Yoshlarimizda Osiyo chempionatining ilk kuni 8ta medal!

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi.

Qitamizning 17 davlati dzyudochilari qatorida yurtimiz sportchilari ham Osiyo chempionati medallari uchun tatamiga chiqishyapti. Kecha musobaqaning birinchi kuni terma jamoamiz azolari jami 8 ta medal qo'lga kiritishdi.

SHulardan ikkitasi oltin medallardir. Kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey SHturbabinning o'g'li Artyom -66 kg vaznda barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Osiyo chempioniga aylandi. SHturbabin yarim finalda yaponiyalik Kenshi Xarada, finalda esa eronlik Alirizo Xo'jastexni mag'lub etdi.


Terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni -73 kg vaznda tatamiga chiqqan Muso Sobirov taqdim etdi. U finalda mo'g'ulistonlik Batbold Bulganni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi.

Hamyurtlarimizdan Manucher SHirinov, Behruz Amandavlatov, Gulnur Muratbaeva va Sanobar Sultonova kumush medalni qo'lga kiritdi. Kimyo Marasulova va Kemran Nurullaev bronza medali bilan taqdirlandi.

Hozircha umumjamoa hisobida dzyudochilarimiz 8 ta medal bilan ikkinchi o'rinni band etishgan. Hisobida bizga nisbatan bitta oltin medal ko'p bo'lgan dzyudo vatani Yaponiya terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallab turibdi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing