So’nggi yangiliklar

19:02"Манчестер Юнайтед" "Реал" юлдузини сотиб олмоқчи 0 18:33RIZIN чемпиони Mangu 2 турнири меҳмони бўлади (ПОСТЕР) 0 18:09Отабек Умаров ва Ойбек Касимов Осиё Олимпия кенгаши Ижроия қўмитасининг 109-йиғилишида иштирок этди 0 17:48Расман! UFC Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги турнирни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 17:27"Барселона" вингери кейинги мавсумни ижарада ўтказади 0 17:06Оқ уйдаги UFC турнири учун хавфсизликни баҳолашнинг энг юқори даражаси ўрнатилади 0 16:45Кроуфорд Мадримовнинг Канело билан эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 16:23Жаҳонгир Зокиров Жаҳон кубогидаги юришини бошлайди 0 16:02МЮ Каземирога "Реал"дан ўринбосар топди 0 15:41ATP рейтинги. Наҳотки!? Фомин 24, Султонов 65 поғонага юқорилади 0 15:20"Менда доғистонликлар билан муаммо йўқ, фақат Нурмагомедов..." - Двалишвили 0 14:59О’Мэлли жанги даъвогарлик мақомида бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0 14:38"Ньюкасл" ўз етакчиси учун "Бавария"дан 75 миллион фунт сўрамоқда 0 14:17Фомин Shymkent Challenger турниридаги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 13:56Маҳмуд Мурадов ўзига янги қимматбаҳо автомобил харид қилди (ФОТО) 0

01 noy 11:00
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochi Diyorbek O'rozboev taqdirlandi

Dzyudochimiz Diyorbek O'rozboev Vengriyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag'batlantirish to'g'risidagi qarorida nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini pul mukofotlari bilan rag'batlantirish belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga binoan dzyudo bo'yicha jahon chempionatida sovrindor bo'lgan Diyorbek O'rozboevga pul mukofoti sertifikatini 26 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasida rais o'rinbosari Farhod Turdiev sport jamoatchiligi faollari huzurida dzyudochining o'zi ayni paytda davolanishda ekani bois ustozi Farhod To'raevga topshirdi.

Dzyudo bo'yicha jahon chempionati joriy yilning 28 avgustidan 3 sentyabrga qadar Budapesht shahrida o'tkazilgan edi. O'rozboev 60 kilogrammgacha vazn toifasida muvaffaqiyatli qatnashib, Isroil, Angola, Gruziya va Mo'g'ulistonlik raqiblarni enggan va shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy olgandi.

Darvoqe, Diyorbek O'rozboev o'tgan yili Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilgan yozgi olimpiya o'yinlarida terma jamoamizga dastlabki medalni tuhfa etgan edi. Biz Diyorbekdan yangi va yorqin g'alabalarni kutib qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing