10 apr 08:42
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Antaliya Gran-Prisidagi ishtirokni yakunladilar
Avvalroq, ushbu xalqaro turnirda yurtimiz sharafini Muhammadkarim Hurramov, Bekmurod Oltiboev, Erbol Rustamov, Doston Ro'ziev, Suhrob Tursunov, Diyora Keldiyorova va Gulnoza Matniyozovalar himoya qilishlari haqida xabar bergandik. Afsuski, ular musobaqada sovrinli o'rinlardan joy olishni uddasidan chiqa olmadilar. Ikki nafar dzyudochimiz beshinchi o'rin bilan kifoyalandi holos.
Erkaklar o'rtasida -81kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Suhrob Tursunov yarim finalgacha etib borgandi. Ammo, shundan so'ng u ketma-ket ikkita uchrashuvda mag'lub bo'ldi va sovrinli o'rinlardan quruq qoldi. Ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda -70kg vazn toifasida ishtirok etgan Gulnoza Matniyozova ham yarim finalgacha mag'lubiyatsiz etib bordi. Biroq, Gulnoza ham avvaliga yarim final, so'ngra bronza medali uchun kechgan jangda imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Fikrlar