20 fev 07:46
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Dyusseldorfga jo'nab ketishdi
Ushbu musobaqada kurrai zaminimizning 5ta qitasidan 98 davlatning jami 721 nafar dzyudochilari medallar yo'lida tatamiga chiqadi. Ular orasida o'zbekistonlik polvonlar ham bor.
Bugun terma jamoamiz delegaciyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga jo'nab ketdi. Dyusseldorfdagi musobaqa bu yil hisobidan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi ikkinchi turnir hisoblanadi.
Terma jamoamizning ushbu musobaqaga so'nggi tayyorgarlik mashg'uloti Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi “Xumson” sihatgohida bo'lib o'tdi.
Erkaklar:
-60 kg: Diyorbek O'rozboev
-66 kg: Artyom SHturbabin
-73 kg: G'iyosjon Boboev
-81 kg: Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
-100 kg: SHerali Jo'raev
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
Ayollar:
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-78 kg: Nodira Yuldasheva
Murabbiylar: Farhod To'raev, O'ktam Rahmonov
Fikrlar