23 apr 09:49
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz Evropa Kubogida ishtirok etish uchun Germaniyaga yo'l olishdi
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 turnirida ishtirok etish maqsadida Germaniyaga jo'nab ketdi.
Safar oldidan O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ZOOM platformasi orqali terma jamoamiz delegaciyasi bilan suhbatlashdi. Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 kadetlar o'rtasidagi nufuzli musobaqa bo'lib, unda 36 davlatdan kelgan 800 nafarga yaqin o'smirlar medallar uchun bahs olib boradi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Aurelian-CHiprian Flis ushbu musobaqaga olib borilgan tayyorgarlik haqida hisobot berib, dzyudochilarimizning har biri bo'yicha alohida malumot taqdim etdi. Ayni paytda xizmat safarida bo'lib turgan Azizjon Kamilov kadetlarimizga bo'lajak musobaqada g'alaba va omad yor bo'lishini tiladi.










Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar