05 okt 07:07
Yangiliklar

Dzyudochilarimiz III "MDH o'yinlari"da 12 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTOGALEREYA
Go'ygul shahrida musobaqa dasturidan o'rin olgan dzyudo bahslari boshlandi. Birinchi kun yakkalikda g'olib va sovridorlar aniqlandi. O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush, 8 ta bronza, jami 12 ta medalga sazovor bo'ldi. Bu bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldik. Bugun aralash jamoaviy bellashuvlar o'tkaziladi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
+70 kg: Zarina Bobonazarova
+90 kg: Alibek Durdiev
Kumush medallar
-48 kg: Saodat Qoraboeva
-90 kg: Musurmonqul Axrorov
Bronza medallar
-40 kg: Mohinur Ollaberganova
-44 kg: Alina Kolyucheva
-52 kg: Nigina Umrzoqova
-57 kg: Maftuna Ahmedova
-60 kg: Dilshod Karimov
-63 kg: Zuhrajon Umarova
-66 kg: Sanjarbek Ashurov
-73 kg: Sadullo Ravshanov
Fikrlar