02 okt 11:32
Yangiliklar

Dzyudochilarimiz III "MDH o'yinlari"ga jo'nab ketishdi
5-8 oktyabr kunlari Go'ygul shahrida musobaqa dasturidan o'rin olgan dzyudo bahslari o'tkaziladi. Unda ishtirok etuvchi terma jamoamiz Ozarbayjonga jo'nab ketdi.
Ikki yil avval Belarus davlatida o'tgan II "MDH o'yinlari"da dzyudochilarimiz 4 ta oltin, 5 ta kumush, 7 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 2-o'rinni egallashgandi. Aralash jamoaviy bellashuvlarda esa bronza medaliga ega chiqqandik.
Ozarbayjonga yo'l olgan tarkibimiz:
O'g'il bolalar
-50 kg: Xushnud Sultonov
-55 kg: Xushnud Burxonov
-60 kg: Dilshod Karimov
-66 kg: Sanjar Ashurov
-73 kg: Sadullo Ravshanov
-81 kg: Inomjon Bahodirov
-90 kg: Musurmonqul Axrorov
+90 kg: Alibek Durdiev
Qizlar
-40 kg: Mohinur Ollaberganova
-44 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: Saodat Qoraboeva
-52 kg: Nigina Umrzoqova
-57 kg: Maftuna Ahmedova
-63 kg: Zuhrajon Umarova
-70 kg: Intizor Uzakbaeva
+70 kg: Zarina Bobonazarova
Fikrlar