06 okt 07:05
Yangiliklar

Dzyudochilarimiz Jahon chempionatining ilk kuni 2 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO
Dunyoning 65 davlati dzyudochilari qatnashayotgan musobaqaning ilk kuni o'g'il bolalar o'rtasida -60, -66, qizlarda -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida g'olib hamda sovrindorlar aniqlandi.
Quvonarlisi, terma jamoamizning ikki vakili Laziza Haydarova (-48 kg) va Camariddin Qo'chqorov (-60 kg) jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Haydarova bronza medali uchun kechgan bellashuvda ekvadorlik Laura Vaskesni, Qo'chqorov esa asli rossiyalik, hozirda Bahrayn sharafini himoya qilayotgan Ruslan Poltorackiyni mag'lubiyatga uchratdi.
-48 kg vazn toifasi
1. Sachio Yoshida (Yaponiya)
2. Aytana Ernandes (Ispaniya)
3. Laziza HAYDAROVA (O'ZBEKISTON)
3. Annis Morgan (Franciya)
-60 kg vazn toifasi
1. Retsu Macunaga (Yaponiya)
2. Yusey Adachi (Yaponiya)
3.Jonatan Yang (AQSH)
3. Samariddin QO'CHQOROV (O'ZBEKISTON)
Fikrlar