10 apr 15:20
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz Qozog'istondagi musobaqada 24 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi!
Qozog'istonning Toldiqo'rg'on shahrida 23 yoshgacha bo'lgan dzyudochilar ishtirokidagi ananaviy xalqaro xotira turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqada dunyoning 21 davlatidan kelgan jami 531 nafar dzyudochi medallar uchun bahs olib bordi.
Quvonarlisi, yoshlar terma jamoamiz xalqaro turnirda 9 ta oltin, 8 ta kumush, 7 ta bronza, jami 24 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi. Musobaqa chempionlari Sadulla Ravshanov (-81 kg), Diyorbek Fayzullaev (-90 kg), Fazliddin Rafikov (+100 kg), Zarina Jamalova (-48 kg), Nigina Umirzoqova (-52 kg), Mohinur Allaberganova (-57 kg), Gulbahor Imomnazarova (-63 kg), Nigina Saparbaeva (-63 kg) va Zarina Bobonazarova (+78 kg) sharafiga O'zbekiston davlat madhiyasi yangradi.














Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar