27 mar 14:18
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-Prisiga yo'l olishyapti
Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada kurrai zaminimizning 4 qitasi 54 davlatidan kelgan 412 ishtirokchi (228 erkak, 184 ayol) qatnashish istagini bildirgan.
Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasining 6 nafar dzyudochisi ham Tbilisi Gran-Prisi medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Ayni daqiqalarda terma jamoamiz delegaciyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bo'lib turibdi. Birozdan so'ng, aniqrog'i 14:20da hamyurtlarimiz Qozog'istonning Almati shahri orqali Tbilisiga jo'nab ketishadi.
Tbilisiga yo'l olayotgan delegaciyamiz:
Erkaklar:
-60 kg: SHarofiddin Lutfullaev
-73 kg: Hikmatilla To'raev
-81 kg: Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Yahyo Imomov, Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
Murabbiylar: O'ktam Rahmonov, Adham Jamolov
SHifokor: Aziz Qayumov
Fikrlar