20 mar 10:00
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Tbilisi Grand Slam 2026 turniridagi raqiblarini bilib olishdi
Biroz avval Tbilisi Grand Slam 2026 turniriga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Musobaqada ishtirok etuvchi dzyudochilarimiz raqiblarini bilib olishdi. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ilk bor bu kabi nufuzli turnirda qatnashuvchi dzyudochilar ham bor.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov — Mishel Augusto (Braziliya)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev — Tornike Gigauri (Gruziya)
-66 kg: Azizbek Ortiqov — Erbol Abasbekov (Qirg'iz Respublikasi)
-73 kg: Nizomiddin Toshpo'latov — Steven Boldbaatar (Mo'g'uliston)
-81 kg: Bobur Yangiboev — Axmed Turluev (Rossiya)
-90 kg: Umar Bozorov — Markus Van Diyk (Niderlandiya)
-90 kg: Nurbek Murtazoev — Vlad Visan (Ruminiya)
-100 kg: Amirsaid Jeyliev — Tornike Poladishvili (Gruziya)
+100 kg: O'tkirbek To'raboev — Erik Abramov (Germaniya)
AYOLLAR
-48 kg: Ulbusin Hakimova — Laura Espadina (Franciya)
-52 kg: Sita Kadambaeva — Naomi Van Krevel (Niderlandiya)
-57 kg: Rayhona Mamatova — Tsendbazar Mashbat (Mo'g'uliston)
-63 kg: Marjona Nurulloeva — Maya Bidzinashvili (Gruziya)
-70 kg: SHirinjon Yo'ldosheva — Aytaj Gardashhanli (Ozarbayjon)

Fikrlar