So’nggi yangiliklar

12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0

08 okt 19:38
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochilarimiz Toshkent Gran-Prisida 20ta medal qo'lga kiritishdi

Bugun poytaxtimizdagi muhtasham “O'zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 100 000 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi Toshkent Gran-Prisi yakunlandi.

Ketma-ket to'rtinchi marotaba Toshkentda tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada 15ta mamlakat polvonlari jami 14 (ayollar va erkaklar 7tadan vaznda)ta vazn toifasida medallar uchun baxslarga kirishishdi.

Etiborlisi, yakunda O'zbekiston terma jamoasi 6ta oltin, 3ta kumush, 9ta bronza, jami 20ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.


Uchta oltin, 2ta kumush, 5ta bronza medalini qo'lga kiritgan Qozog'iston terma jamoasi ikkinchi o'rinni band etdi. Uchta oltin, 2ta kumush va 4ta bronza medaliga egalik qilgan Rossiya terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi.

Toshkent Gran-Prisida terma jamoamizga oltin medallarni Muhriddin Tilovov (-60 kg), Mirzohid Farmonov (-73 kg), Davlat Bobonov (-81 kg), Yaxyo Imomov (-90 kg), Soyib Qurbonov (-100 kg) hamda Gulnoza Matniyozova (-70 kg) taqdim etishdi.

G'iyosjon Boboev, Davronbek Sattorov va Diyora Keldiyorova finalgacha etib borib, kumush medal bilan taqdirlanishdi. SHarofiddin Lutfullaev, Boltaboy Boltaev, Erkin Doniyorov, Muhammadkarim Xurramov, Muso Sobirov, Nodira Gulova, Muqaddas Kubeeva, Guloyim Jumaboeva, Sanobar Sultonova, Kumush hamda Rahima Yo'ldoshevalar bronza medaliga sazovor bo'lishdi. 


Reyting:    

Fikrlar

   
08 okt 22:50:41
Taylaqov Suxrob. Tashmi
Sizlar bn yurtimiz fahrlanadi buyuk o'g'lonlar!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing