17 jan 12:18
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Tunis Gran-Prisida ishtirok etishadi
Poytaxt Tunis shahridagi El Menzah Sports Hall arenasi Gran-Pri turkumiga kiruvchi ushbu turnirga mezbonlik qiladi. Tunis Gran-Prisida dunyoning 46 davlatidan 430 nafar dzyudochi jami 14ta vazn (7 nafardan erkaklar va ayollar) toifasida tatamiga chiqishadi.
Yurtimiz sport sharafini 7 nafar dzyudochimiz himoya qiladi. Erkaklar
o'rtasidagi bahslarda Artyom SHturbabin (-66 kg), Mirzohid Farmonov (-73 kg),
Davlat Bobonov (-81 kg), SHermuhammad Jandreev (-90 kg), Ixtiyor Xolmurodov (+100
kg) o'z mahoratini namoyish etadi.
Qizlarimizdan esa Gulnur Muratbaeva va Diyora Keldiyorova medallar yo'lida
bahslarga kirishishadi. Har ikki sportchi qizimiz ham -48 kg vazn toifasida o'z
imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Fikrlar