08 iyu 07:11
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimizning dzyudo vatanidagi Osiyo o'yinlarida nechta medal ko'zlayotgani ochiqlandi
Sport vaziri o'rinbosari SHaxrillo Maxmudov hamda Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov Aichi-Nagoya 2026 yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik jarayonlarini o'rganish maqsadida O'zbekiston dzyudo federaciyasida bo'ldi.
Sportimiz mutasaddilari milliy terma jamoamizning tayyorgarlik holati, mashg'ulot rejalari, xalqaro musobaqalar taqvimi hamda istiqbolli sportchilar bilan olib borilayotgan ishlarni muhokama qilishdi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi bosh kotibi Aziz Sobirov terma jamoamizning tayyorgarligi bo'yicha batafsil malumot berdi. Reja bo'yicha dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi aynan dzyudo vatanidagi Osiyo o'yinlarida 2 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritishni maqsad qilmoqda.
Yig'ilish so'nggida Osiyo o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rish va yuqori natijalarga erishish yuzasidan masullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.








Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar