12 dek 07:54
Yangiliklar
Futbol

ECHL. 1/8 finalning 15 ta ishtirokchisi malum bo'ldi
Kecha oqshom o'tkazilgan Evropa chempionlar ligasining guruh bosqich oltinchi tur uchrashuvlaridan so'ng nimchorak finalga chiqqan 15ta jamoaning nomi malum bo'ldi.
Unga ko'ra quyidagi jamoalar ECHLning 1/8 finaliga yo'llanmani qo'lga kiritib ulgurgan:
«Atletiko», «Barselona», «Real» (hammasi — Ispaniya), «Bavariya», «Borussiya», «SHalke» (hammasi — Germaniya), «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Tottenxem» (hammasi — Angliya), «Roma», «Yuventus» (hammasi — Italiya), «Ayaks» (Niderlandiya), «Portu» (Portugaliya), PSJ (Franciya).
Bugun F guruhida so'nggi yo'llanmasi sohibi malum bo'ladi. Unda «Lion» va «SHaxtyor» 1/8 finalga chiqish uchun kurash olib boradi. Nimchorak finalga qura tashlash marosimi 17 dekabr, dushanba kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar