22 fev 08:21
Yangiliklar

ECHL. “Atletiko” chorak final sari dadil qadam tashladi
Birinchi bo'limda Saul va Grizmanning gollaridan keyin mehmonlar birinchi bo'limdan keyin ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi bo'limda tomonlar ikki martadan darvozalarni ishg'ol etishdi. Yakuniy hisob 4:2 mehmonlar foydasiga.
Javob uchrashuvi oldidan Diego Simone shogirdlari chorak final masalasini deyarli hal qilib qo'yishdi.
CHempionlar ligasi. 1/8 final. Dastlabki uchrashuv.
“Bayer” Germaniya – “Atletiko” Ispaniya 2:4 (0:2, 2:2)
Gollar: 0:1 – 17 Saul, 0:2 – 25 Grizmann, 1:2 – 48 Belarabi, 1:3 – 58, penalti Gameyro, 2:3 – 67, avtogol Savich, 2:4 – 86 Torres.
“Bayer”: Leno, Vendell, Dragovich, Toprak, Xenrixs, Arangis, Belarabi (Poxyanpalo, 66), Xavertc (Folland, 56), Kampl, Brandt (Beyli, 87), Ernandes.
“Atletiko”: Moyya, Savich, Filipe Luis, Ximenes, Vrsalko, Ferreyra Karrasko (Torres, 78), Koke, Gabi, Saul, Grizmann (Korrea, 78), Gameyro (Parti, 71).
Ogohlantirishlar: Xenrixs (15), Dragovich (58), Vendell (64), Arangis (74), Torres (87), Gabi (89), Filipe Luis (90).
Fikrlar