28 noy 01:28
Yangiliklar

ECHL. "Ayaks" g'alaba qozondi, CSKA musobaqani tark etdi
Kutilganidek, Amstredammning "Ayaks" klubi safarda Greciyaning AEK jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi. Har ikki gol Tadich tomonidan kiritildi. Bu bilan Gollandiya klubi muddatidan avval pley-offga chiqdi.
Kutilmaganda Moskvaning CSKA jamoasi o'z maydonida CHexiya chempioni "Viktoriya"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi va guruhdan chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
AEK Greciya – Ayaks Gollandiya 0:2 (0:0, 0:2)
"Spiros Luis" stadioni
Gollar: 0:1 – 68, penalti Tadich, 0:2 – 72 Tadich.
AEK – Barkas, Rodrigo Galo (Boye, 73), CHigrinskiy, Ikonomu, Bakakis, Galanopulos, Alef, Mantalos (Klonaridis, 78), Xult, Livaya, Ponse (Yakumakis, 82).
Ayaks – Onana, Blind, de Ligt, Veber, Mazraui (Nissen Kristensen, 82), de Yong, SHene, Neres, van de Bek (Labyad, 86), Tadich, Dolberg (Xuntelar, 62).
Ogohlantirishlar: SHene (19), Ikonomu (29), CHigrinskiy (51), Livaya (53), Mazraui (60), Yakumakis (90).
CHetlatish: Livaya (67).
CSKA Rossiya – Viktoriya Plzen CHexiya 1:2 (1:0, 0:2)
"Lujniki" stadioni
Gollar: 1:0 – 10, penalti Vlashich, 1:1 – 56 Proxazka, 1:2 – 81 Geyda.
CSKA – Akinfeev, Rodrigo Bekao, CHernov, SHHennikov (Efremov, 46), Nababkin, Sigurdsson, Vlashich, Oblyakov (Kuchaev, 72), Bistrovich, Fernandes, CHalov (Jamaletdinov, 80).
Viktoriya Plzen – Grushka, Geyda, Limberski (Kopic, 46), Rjeznik, Gubnik, Groshovski, Proxazka, CHermak, Petrjela (Gavel, 70), Kovarjik, Xori (Rjeznichek, 80).
Ogohlantirishlar: Oblyakov (13), CHalov (24), Gubnik (36), Groshovski (60), Kopic (90).
Fikrlar