09 may 02:03
Yangiliklar

ECHL. "Ayaks" - "Tottenxem" 2:3. Finalda APL derbisi!
Xuddi birinchi kungi o'yinda bo'lgani ikkinchi uchrashuvda ham kambek amalga oshirildi. O'z maydonida 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan "Tottenxem" "Ayaks" ustidan 90+6-daqiqada kiritilgan goli evaziga 3:2 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.
Etiborga molik jihati shundaki, amsterdamliklar javob o'yinida 2:0 hisobida oldinda bora turib, yakunda alamli mag'lubiyatni qabul qilib olishdi va final chiptasidan quruq qolishdi.
"Ayaks" - "Tottenxem" 2:3
Gol: De Ligt (5, 1:0), Ziyech (36, 2:0), Moura (55, 2:1), Moura (59, 2:2), Moura (90+5, 2:3).
"Ayaks": Onana, De Ligt, Van De Bik (Magalyan, 90), Dolberg (Sinkgraven, 67), Tadich, Mazrui, Blind, SHone (Veltman, 61), De Yong, Ziyech, Talyafiko.
"Tottenxem": Loris, Triper (Lamela, 81), Alderveyrld, Vertongen, Rouz (Devis, 82), Vanyama (Lorente, 46), Sissoko, Eriksen, Dele, Lukas, Son.
Fikrlar