27 noy 07:01
Yangiliklar

ECHL. Bu turda Madrid klublarining omadi chopmadi
“Yuventus” mehmoni bo'lgan “Atletiko” minimal hisobda mag'lubiyatga uchradi. “Matraschilar” darvozaboni agar bu tunda uxlay olsa, tushida “Yuventus”ning o'ninchi raqamli futbolchisini ko'rishi ehtimoldan holi emas.
Madridning “Real” klubi esa butun uchrashuv mobaynida yaxshi o'yin namoyish qildi. Karim Benzema tomonidan 79-daqiqada kiritilgan ikkinchi gol o'yin taqdiri hal qildi, deb o'ylashdi madridliklar. Buning uchun esa PSJ futbolchilari ularni jazolashdi. “Qaymoqranglilar” uchun revansh keyingi bosqichga qoladigan bo'ldi.
ECHL. Guruh bosqich. 5-tur
Real Madrid – PSJ 2:2 (1:0)
“Santyago Bernabeu” stadioni
Gollar: 1:0 – 17 Benzema, 2:0 – 79 Benzema, 2:1 – 81 Mbappe, 2:2 – 83 Sarabiya.
Real Madrid – Kurtua, Marselo, Varan, Ramos, Karvaxal, Isko (Rodrigo, 82), Kroos, Valverde (Modrich, 76), Kazemiro, Azar (Beyl, 69), Benzema.
PSJ – Navas, Mene, Tiago Silva, Bernat, Markinos, Verratti, Guye (Neymar, 46), Di Mariya (Draksler, 75), Kimpembe, Mbappe, Ikardi (Sarabiya, 75).
Ogohlantirishlar: Marselo (68), Mene (89)
Yuventus – Atletiko 1:0 (1:0)
“Alyanc Stedium”
Gol: 1:0 – 45 Dibala
Yuventus – SHchensni, Danilo, Bonuchchi, De SHilo, de Ligt, Remzi (Bernardeski, 63), Bentankur (Xedira, 86), Pyanich, Matyuidi, Ronaldu, Dibala (Iguain, 76).
Atletiko – Oblak, Felipe, Lodi (Lemar, 64), Tripper, Ermoso, Koke, Saul, Errera (Korrea, 60), Tomas, Vitolo (Joau Feliks, 54), Morata.
Ogohlantirishlar: Ermoso (32), Bentankur (35), Lodi (40), Saul (52), Errera (58).
Fikrlar