13 mar 03:01
Yangiliklar

ECHL. Manchester va Turinda gollar yomg'iri
"Etixad Stedium"da "Manchester Siti" klubi Germaniyaning "SHalke 04" jamoasini qabul qilib, olmonlar darvozasiga javobsiz 7ta to'p kiritdi. Ilk uchrashuvda ham Tumanli Albion vakillari zafar quchishgan edi.
Manchester Siti Angliya – SHalke Germaniya 7:0
13 mart, 01.00, «Etixad Stedium»
Gollar: 1:0 – 35, penalti Aguero, 2:0 – 38 Aguero, 3:0 – 42 Sane, 4:0 – 56 Sterling, 5:0 – 71 Bernardu Silva, 6:0 – 78 Fil Foden, 7:0 – 84 Gabriel Jezus.
Manchester Siti – Ederson, Danilo, Laport (Delf, 72), Uoker, Zinchenko, Gyundogan, Silva (Foden, 64), Sterling, Bernardu Silva, Sane, Aguero (Gabriel Jezus, 64).
SHalke – Fermann, Sane, Stambuli, Bruma, Konoplyanka, Ochipka, Serdar, Bentaleb, Makkenni (Mendil, 74), Embolo (Skribski, 69), Burgshtaller.
Ogohlantirishlar: Bruma (33), Danilo (48), Zinchenko (69).
Birinchi o'yin – 3:2
Kunning ikkinchi uchrashuvi Turinda bo'lib o'tdi. Unda "Yuventus" klubi Madridning "Atletiko"sidan 3:0 hisobida ustun keldi va ajoyib kambekni amalga oshirdi. Krishtianu Ronaldu xet-trikka erishdi. O'yinning 86-daqiqasida penaltidan kiritilgan gol "Keksa sinoralar"ni chorak finalga olib chiqdi. Madriddagi bahsda "Atletiko" 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
Yuventus – Atletiko 3:0
“Alyanc Stedium”
Gollar: 1:0 — 27 Ronaldu, 2:0 — 49 Ronaldu, 3:0 — 86, penalti Ronaldu.
Yuventus – SHesni, Kanselu, Kellini, Bonuchchi, Spinaccola (Dibala, 67), Matyuidi, Pyanich, Jan, Bernardeski, Manjukich (Moyza Kin, 80), Ronaldu.
Atletiko – Oblak, Aryas (Vitolo, 77), Ximenes, Godin, Xuanfran, Rodri, Saul, Lemar (Korrea, 57), Koke, Grizmann, Morata.
Ogohlantirishlar: Bernardeski (64), Xuanfran (73).
Birinchi o'yin — 0:2.
Fikrlar