13 fev 06:51
Yangiliklar

ECHL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida PSJga mag'lub bo'ldi
Uchrashuv biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi. Kimpembe va Mbappe tomonidan kiritilgan ikki gol parijliklarga 2:0 hisobidagi g'alabani taqdim etdi. Javob uchrashuvida Franciya chempionlari endi erkin harakat qilishadi.
SHu tariqa, Ole-Gunnar Sulsher "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Qizil kartochka olgan Pol Pogba javob uchrashuvida maydonga tusha olmaydi.
Manchester Yunayted Angliya – PSJ Franciya 0:2
«Old Trafford» stadioni
Gollar: 0:1 – 53 Kimpembe, 0:2 – 60 Mbappe.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, SHou, Yang, Lindelef, Lingard (Sanches, 45), Matich, Pogba, Errera, Marsyal (Mata, 46), Reshford (Lukaku, 84).
PSJ – Buffon, Kerer, Tiago Silva, Kimpembe, Markinos, Draksler, Verratti (Paredes, 75), Dani Alves, Di Mariya (Dagba, 81), Bernat, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (11), Draksler (19), Pogba (26), Yang (30), Bernat (34), Lindelef (50), Dani Alves (62), Errera (87), SHou (90).
CHetlatish: Pogba (89).
Fikrlar