16 fev 07:30
Yangiliklar
ECHL. Myunxendagi o'yinda muxlislar 6ta gol ko'rishdi
Myunxendagi bahsda hisobni Aren Robben chiroyli goli bilan ochdi. Bo'lim o'rtasida Koselni ishlagan penaltini Aleksis Sanches amalga oshirdi. Noyer qaytargan to'pni Sanchesning o'zi darvozaga yo'lladi.
Ikkinchi bo'limda esa Karlo Anchelotti boshchiligidagi jamoani to'xtatib qolishning imkoni bo'lmadi. Lamning to'p uzatishini Levandovski gol bilan yakunladi. Oradan ko'p o'tmay Levaning pasidan keyin Tiago gol urdi. Tiagoning o'zi shu kuni dublga erishdi. Nihoyat, zaxiradan maydonga tushgan Tomas Myuller bahsga katta nuqta qo'ydi - 5:1.
Evropa CHempionlar ligasi. 1/8 final. Birinchi o'yin
Bavariya (Germaniya) – Arsenal (Angliya) 5:1
Gollar: 1:0 – 11 Robben, 1:1 – 30 Sanches, 2:1 – 53 Levandovski, 3:1 – 56 Alkantara, 4:1 – 63 Alkantara, 5:1 – 88 Myuller.
Bavariya – Noyer, Martines, Xummels, Alaba, Lam, Xabi Alonso, Vidal, Alkantara, Robben (Rafinya, 88), Duglas Kosta (Kimmix, 84), Levandovski (Myuller, 86).
Arsenal – Ospina, Mustafi, Gibbs, Belerin, Koselni (Gabriel, 49), Oksleyd-CHemberlen, Koklen (Jiru, 77), Ivobi (Uolkott, 66), Ozil, Sanches, Jaka.
Ogohlantirishlar: Mustafi (15), Xummels (26), Sanches (33), Jaka (60), Lam (83).
Fikrlar