11 may 07:30
Yangiliklar

ECHL. "Real" mag'lub bo'ldi, lekin finalga chiqdi
Uchrashuvning 12-daqiqasida burchak to'pidan so'ng Saul boshi bilan Keylor Navas darvozasini ishg'ol qildi - 1:0. 15-daqiqada Varan Torresni yiqitgani uchun bosh hakam "Real" darvozasiga penalti belgiladi. Grizmann nuqtadan Navasni ojiz qoldirdi - 2:0!
42-daqiqada Toni Kroosning zarbasini Oblak ajoyib tarzda qaytardi, qaytgan to'pni Isko darvozaga joylab qo'ydi - 2:1. O'yinda boshqa gol urilmadi va "Real" ilk o'yindagi 3:0 hisobidagi g'alaba evaziga finalga yo'l oldi. Finalda "Real" va "Yuventus" klublari to'qnash keladi.
Atletiko Ispaniya – Real Madrid Ispaniya 2:1
Gollar: Saul 12, - 1:0.Grizmann 16 penalti, - 2:0.
Atletiko – Oblak, Savich, Godin, Filipe Luis, Ximenes (Tomas, 57), Saul, Ferreyra Karrasko, Gabi, Koke (Korrea, 76), Grizmann, Torres (Gameyro, 57).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Danilo, Ramos, Modrich, Kazemiro (Lukas Vaskes, 77), Kroos, Isko (Morata, 88), Ronaldu, Benzema (Asensio, 77).
Ogohlantirishlar: Danilo 4, Savich 6, Godin 34, Ramos 34, Gabi 37, Korrea 86
Birinchi o'yin – 0:3
Fikrlar