24 noy 06:15
Yangiliklar

ECHL. “Rostov”dan sensaciya, “Beshiktosh”dan kambek, “Barselona”da g'alaba va boshqa natijalar
Kecha oqshom o'tkazilgan o'yinlar shov-shuvli va kutilmagan natijalarga boy bo'ldi. Jumladan, Rossiyaning “Rostov” klubi o'z maydonida Myunxenning “Bavariya” jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etdi.
Guruhning ikkinchi o'yinida Madridning “Atletiko” klubi o'z muxlislari ko'z o'ngida Gollandiyaning PSV jamoasidan 2:0 hisobida ustun keldi.
“Seltik” maydoniga safar uyushtirgan “Barselona” Lionel Messining dubli evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi. “Borussiya M” - “Manchester Siti” uchrashuvida 1:1 hisobida qayd etildi.
Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasi “Benfika”ga qarshi kechgan o'yinda ajoyib kambekni amalga oshirdi. 0:3 hisobida mag'lub bo'layotgan mezbonlar yakunda jangovor durangga imzo chekishdi - 3:3.
EVROPA CHEMPIONLAR LIGASI. 5-TUR
ROSTOV (Rossiya) – BAVARIYA (Germaniya) 3:2 (1:1, 2:1)
“Olimp-2” stadioni
Gollar: 0:1 – 36 Duglas Kosta, 1:1 – 44 Azmun, 2:1 – 49, penalti Poloz, 2:2 – 52 Bernat, 3:2 – 66 Noboa.
“Rostov”: Janaev, Kalachev (Terentev, 87), Mevlya, Navas, Granat, Kudryashov, Eroxin, Gackan, Noboa, Azmun (Grigorev, 82), Poloz (Izzatullohi, 90).
“Bavariya”: Ulrayx, Rafinya, Boateng (Xummels, 58), Badshtuber, Bernat, Lam, Alkantara, Sanshesh (Myuller, 73), Duglas Kosta, Levandovski, Riberi.
Ogohlantirishlar: Granat (30), Boateng (48), Gackan (57).
ATLETIKO (Ispaniya) – PSV (Gollandiya) 2:0 (0:0, 2:0)
“Visente Kalderon” stadioni
Gollar: 1:0 – 55 Gameyro, 2:0 – 66 Grizmann.
“Atletiko”: Oblak, Vrsalko, Ximenes, Godin, Filipe Luis (Xuanfran, 76), Koke, Tiagu (Saul, 75), Gabi, Ferreyra Karrasko, Gameyro, Grizmann.
PSV: Zut, Aryas, SHvaab, Izima-Miren, Moreno, Villems (de Veys, 46), Zinchenko, Propper (Lundkvist, 84), Ramselar, Bergveyn (Narsinx, 61), Pereyro.
BESHIKTOSH (Turkiya) – BENFIKA (Portugaliya) 3:3 (0:3, 3:0)
“Vodafon-Arena”
Gollar:0:1 – 10 Gonsalu Gedesh, 0:2 – 25 Nelson Semedu, 0:3 – 31 Feysa, 1:3 – 58 Tosun, 2:3 – 83, penalti Kuarejma, 3:3 – 89 Abubakar.
“Beshiktosh”: Fabrisio, Genyul (Tosun, 46), Marselo, Toshich (Nukan, 60), Bek, Ozyakup, Xatchinson, Kuarejma, Arslan (Inler, 46), Adriano, Abubakar.
“Benfika”: Ederson, Nelson Semedu, Luizao, Lindelef, Elizeu, Salvio, Picci, Feysa, Servi (Rafa Silva, 64), Gonsalu Gedesh (Samaris, 75), Mitroglu (Ximenes, 86).
Ogohlantirishlar:Arslan (28), Picci (34), Luizao (77), Abubakar (90).
NAPOLI (Italiya) – DINAMO (Kiev, Ukraina) 0:0 (0:0, 0:0)
“San-Paolo” stadioni
“Napoli”: Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, Gulyam, Zelinski (Allan, 78), Diavara, Gamshik, Kalexon, Mertens (Jakkerini, 86), Insine (Gabbyadini, 66).
“Dinamo Kiev”: Rudko, Morozyuk, Xacheridi, Vida, Makarenko, Ribalka, Yarmolenko, Garmash, Sidorchuk (Orexovskiy, 67), Cigankov (Gonsales, 60), Besedin (Moraes, 81).
Ogohlantirishlar:Sidorchuk (19), Kulibali (75).
SELTIK (SHotlandiya) – BARSELONA (Ispaniya) 0:2 (0:1, 0:1)
“Seltik Park” stadioni
Gollar:0:1 – 24 Messi, 0:2 – 55, penalti Messi.
“Seltik”: Gordon, Lyustig, SHimunovich, Svyatchenko, Isagirre, Braun, Makgregor (Roberts, 72), Armstrong, Rogich (Biton, 64), Sinkleyr (Forrest, 46), Dembele.
“Barselona”: ter Stegen, Serji Roberto, Pike (Marlon, 72), Maskerano, Alba (Din, 66), Rakitich, Buskets, Andre Gomesh, Messi, Suares, Neymar (Turan, 77).
Ogohlantirishlar:Svyatchenko (23), Alba (41), Serji Roberto (63), Neymar (71), Lyustig (71), Armstrong (87), Rakitich (88).
ARSENAL (Angliya) – PSJ (Franciya) 2:2 (1:1, 1:1)
“Emireyts” stadioni
Gollar:0:1 – 18 Kavani, 1:1 – 45, penalti Jiru, 2:1 – 60, avtogol Verratti, 2:2 – 77 Lukas Moura.
“Arsenal”: Ospina, Jenkinson (Oksleyd-CHemberlen, 81), Mustafi, Koselni, Gibbs, Remzi, Koklen (Uolkott, 80), Sanches, Ozil, Ivobi (Jaka, 78), Jiru.
PSJ: Areolya, Mene, Markinos, Tiago Silva, Maksvell, Verratti, Krixovyak (Ben-Arfa, 67), Motta, Lukas Moura (Xese, 89), Kavani, Matyuidi.
Ogohlantirishlar:Markinos (31), Koklen (34), Koselni (53), Verratti (55).
LUDOGOREC (Bolgariya) – BAZEL (SHveycariya) 0:0 (0:0, 0:0)
“Bolgarska armiya” stadioni
“Ludogorec”: Stoyanov, Sisino, Moci, Palomino, Natanael, Dyakov, Andrianantenaina, Jonatan Kafu, Kristaldo (Kampanyaro, 90), Vura (Lukoki, 84), Kesheryu (Plastun, 90).
“Bazel”: Vaclik, Lang, Suxi, Alvares, Traore, Byarnason (Kalla, 85), Delgado (SHporar, 79), Jaka, Dzuffi, Elyunussi, Dumbiya (Yanko, 79).
Ogohlantirishlar:Alvares (8), Andrianantenaina (40), Jaka (63), Suxi (81), Moci (84), Traore (86), Sisino (90).
BORUSSIYA M (Germaniya) – MANCHESTER SITI (Angliya) 1:1 (1:1, 0:0)
“Borussiya-Park” stadioni
Gollar:1:0 – 23 Raffael, 1:1 – 45 Silva.
“Borussiya M”: Zommer, Elvedi, Kristensen, Yanchke, Vendt, Daud (Vestergor, 60), SHtrobl, Traore (Xofmann, 41), SHtindl, Jonson, Raffael (Xan, 84).
“Manchester Siti”: Bravo, Otamendi, Stounz, Kolarov, Navas, Silva, Fernandino, Gyundogan, Sterling (Sanya, 68), de Bryuyne, Aguero.
Ogohlantirishlar: SHtindl (20), Fernandino (43), Daud (49), Yanchke (69), Raffael (71).
CHetlatishlar: SHtindl (51), Fernandino (63).
Fikrlar