10 apr 02:22
Yangiliklar

ECHL. "Tottenxem" va "Liverpul" ilk o'yinda g'alaba qozondi
Angliya derbisida Londonning "Tottenxem" klubi o'z maydonida "Manchester Siti" jamoasini qabul qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi. Uchrashuvning 78-daqiqasida "Tottenxem"ning koreyalik futbolchisi Son Xyon Min yagona g'alaba to'pini kiritdi.
Oqshomning ikkinchi bahsida "Liverpul" jamoasi o'z muxlislari ko'z o'ngida Portugaliyaning "Portu" klubidan 2:0 hisobida ustun keldi. Keyta va Firminolarning gollari evaziga mersisaydliklar g'alaba qozonib, Portugaliyada bo'ladigan javob o'yinidan oldin imkoniyatni yaxshilab oldi.
ECHL. 1/4 final. Ilk o'yinlar
Tottenxem Angliya – Manchester Siti Angliya 1:0
«Tottenxem Xotspur Stedium»
Gol: 1:0 – 78 Son Xyon Min.
Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Tripper, Vertongen, Eriksen, Uinks (Vanyama, 81), Alli (Lorente, 87), Sissoko, Keyn (Lukas Moura, 58), Son Xyon Min.
Manchester Siti – Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Delf, Silva (de Bryuyne, 89), Fernandino, Maxrez (Sane, 89), Gyundogan, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 71).
Ogohlantirishlar: Rouz (12), Laport (28), Maxrez (59).
Liverpul Angliya – Portu Portugaliya 2:0
«Enfild»
Gollar: 1:0 – 5 Keyta, 2:0 – 26 Firmino.
Liverpul – Alisson, van Deyk, Lovren, Aleksander-Arnold, Xenderson, Milner, Keyta, Fabino, Mane (Origi, 73), Salax, Firmino (Starridj, 82).
Portu – Kasilyas, Felipe, Telles, Maksi Pereyra (Fernando, 77), Eder Militao, Oliver Torres (Brunu Koshta, 73), Danilu Pereyra, Marega, Otavio, Korona, Soares (Braimi, 62).
Ogohlantirishlar: Soares (17), Felipe (61).
Fikrlar