19 fev 07:24
Yangiliklar

ECHL. Xolandni PSJ ham to'xtata olmadi
So'nggi paytlarda Evropa futbolida trentga aylangan Erling Xoland raqiblarini sovuqqonlik bilan "yanchib tashlayotgandi". "Borussiya" bilan o'yindan oldin PSJ futbolchilari norvegiyalik forvard haqida turli fikrlar bildirishgan edi. Xoland esa barchasini maydonda isbotladi.
Aynan uning dubli "Borussiya"ga 2:1 hisobidagi g'alabani taqdim etdi. Yagona javob to'pi Neymar hisobiga yozildi.
ECHL. 1/8 final dastlabki o'yin
Borussiya D – PSJ 2:1
"Signal Iduna Park" stadioni
Gollar: 1:0 – 69 Xoland, 1:1 – 75 Neymar, 2:1 – 77 Xoland.
Borussiya D – Byurki, Zagadu, Xummels, Pishchek, Xakimi, Vitcel, Gerreyru, Sancho, Djan, Azar (Reyna, 68), Xoland.
PSJ – Navas, Mene, Kurzava, Tiago Silva, Markinos, Verratti, Guye, Di Mariya (Sarabiya, 76), Kimpembe, Neymar, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Vitcel (44), Guye (54), Neymar (59).
TAS-IX
Fikrlar