17 avg 10:01
Yangiliklar
Futbol

ECHL. Yarim final oldidan PSJda jiddiy yo'qotish bor
PSJ darvozaboni Keylor Navas tizzasidagi jarohat tufayli "Leypcig"ga qarshi CHempionlar Ligasi 1/2 final uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Golkiper "Atalanta" (chorak final, 2:1) bilan o'yinning 79-daqiqasida o'ng oyog'idagi og'riq tufayli almashtirilgan edi.
Kostarikalik darvozabon hamon mashg'ulotlarni boshlamagan. Keyingi 48 soat ichida uning o'yinga tayyor bo'lishi imkonsiz.
Malumot uchun PSJ va "Leypcig" o'rtasidagi uchrashuv 18 avgust kuni Lissabonda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar