29 sen 06:09
Yangiliklar

ECHL. Yaxshiboev "Real"ga gol urdi, "SHerif" "Santyago Bernabeu"da sensacion ravishda g'alaba qozondi
Quvonarlisi, hamyurtimiz Jasurbek Yaxshiboev o'yinning 25-daqiqasida bosh bilan Tibo Kurtua qo'riqlayotgan "Real" darvozasini ishg'ol qildi. 65-daqiqada Karim Benzema penaltidan hisobni tenglashtirgan bo'lsa-da, 89-daqiqada Till "SHerif"ga tarixiy g'alaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.
Real Madrid – SHerif 1:2
"Santyago Bernabeu" stadioni
Gollar: 0:1 – 25 Yaxshiboev, 1:1 – 65, Benzema penaltidan, 1:2 – 89 Till.
"Real Madrid" – Kurtua, Nacho (Rodrigo, 66), Alaba, Militao, Migel Guterres (Kroos, 66), Kazemiro (Modrich, 66), Valverde, Kamavinga, Benzema, Azar (Yovich, 66), Vinisius Junior.
"SHerif" – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Nikolov, 90), Till, Addo, Traore, Kastaneda (Julen, 78), Yaxshiboev (Bruno, 57).
Ogohlantirishlar: Arboleda (17), Kazemiro (39), Addo (45), Dulanto (46), Yovich (81), Till (90).
Guruhda Moldovaning "SHerif" klubi 6 ochko bilan shov-shuvli tarzda yakka peshqadamlik qilyapti. "Real" 3 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, "Inter" va "SHaxtyor" jamoalari hisobida 1 tadan ochko bor. "SHerif" 3-turda "Inter" sinovidan o'tadi.
Fikrlar