19 sen 17:53
Yangiliklar
Futbol

ECHLda xet-trik qayd etgan futbolchini "MYU" va "Barselona" kuzatmoqda
"RB Zalcburg" forvardi Erling Xolandga bir qator Evropa klublari qiziqish bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, "Manchester Yunayted" va "Barselona" 19 yoshli futbolchini faol tarzda kuzatmoqda.
"Qizil iblislar" vakillari esa ECHLning 1-turi doirasidagi "Genk"ga qarshi o'yinda o'z skautlarini ham jo'natgan va yakunda futbolchi xet-trik qayd etgan edi.
Transfermarkt futbolchini 12 million evroga baholamoqda. Xoland joriy mavsum Avstriya chempionatida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 4 ta assistga erishgan.
Havola :
Fikrlar