01 mar 17:43
Yangiliklar
Futbol

ECHLdagi o'yin muxlislarsiz o'tishi mumkin
Koronavirus tufayli ECHL doirasidagi PSJ - "Borussiya" D uchrashuvi muxlislarsiz o'tishi mumkin.
"Canal Plus France" xabariga ko'ra, Parij klubi futbolchilariga boshqalar bilan qo'l siqib ko'rishishni taqiqlab qo'yilgan. Undan tashqari, jurnalistlarga intervyular berishni ham cheklab qo'yishgan. Franciyada ushbu virus bilan kasallanganlar 100 nafardan oshib ketgan.
Malumot uchun, PSJ - "Borussiya" D uchrashuvi 11 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi. Birinchi uchrashuvda dortmundliklar 2:1 hisobida g'alabaga erishgandi.
Havola :
Fikrlar