14 mar 09:49
Yangiliklar
Futbol

ECHLning 10 mavsumidan beri ilk bor 4ta APL jamoasi chorak finalga chiqdi
“Bavariya” ustidan safarda qozonilgan g'alabadan (1:3) keyin, Yurgen Klopp shogirdlari keyingi bosqichiga yo'l olgan Angliyaning to'rtinchi klubiga aylandi.
Avvalroq, “Tottenxem”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” ham chorak final bosqichini ijobiy hal etgandi.
Bunday holat 10 yil avvalgi musobaqada ham bo'lgan va o'shanda “Liverpul”, “CHelsi”, MYU va “Arsenal” chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Qayd etish joizki, ECHLning joriy mavsumida kuchli beshlik chempionatlari orasida yuqori koefficientlarga ega bo'lgan Franciya hamda Germaniya jamoalari muddatidan oldin musobaqa bilan xayrlashdi.
Havola :
Fikrlar