18 mar 18:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn: "Bivol - Benavides jangi muhokama ham qilinmagan, barchasini Turki hal qiladi"
Promouter Eddi Xirn Bivol – Benavides jangi bo'yicha kelishuv yo'qligini tasdiqladi.
"Benavides bilan jang hech qachon muhokama qilinmagan. Bu gap-so'zlarga ishonmang. Lekin bu variant haqiqatan ham ajoyib.
Oxirgi so'z Turki Al ash SHayxda bo'ladi. U Dmitriy Bivolning so'nggi to'rt jangida tashkiliy ishlarni amalga oshirdi. Biz uning aytganini bajaramiz. Agar u Benavides bilan jang qilishimizni xohlasa, David bilan jang qilamiz. Lekin menimcha u Beterbiev bilan trilogiyani tashkillashtirish niyatida", — dedi promouter Eddi Xirn.
Havola :
Manba : FightHype.com
Fikrlar