26 apr 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Jeyk Pol ishtirokidagi yirik jangni anons qildi
Taniqli promouter Eddi Xirn bloger-bokschi Jeyk Pol (11-1, 7 KO)ning engil vazn toifasida WBA chempioni Jervonta Devis (30-0-1, 28 KO) bilan jang o'tkazishini malum qildi.
"Bilishimizcha, Jervonta noyabr oyida Jeyk Polga qarshi jang qiladi. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Jervonta Devisdan keyin Entoni Joshua ishtirokidagi jangga o'tish qiziq bo'lardi. Menimcha, CHaves bilan bahs yomon fikr emas.
O'ylashimcha, bu biznes nuqtai nazaridan oqilona harakat. CHaves to'g'ri fikr yurita olishiga umid qilaman. Uning vaqti ko'p emas, u ko'p narsalarni boshdan kechirdi", dedi Xirn.
Malumot uchun, Jeyk Pol keyingi jangini 28 iyun kuni aynan CHavesga qarshi o'tkazadi. Xirnning so'zlariga ko'ra, shundan keyin Pol Devis bilan, CHaves esa Joshuaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : Fighthype.com
Fikrlar