31 avg 16:07
Yangiliklar
Eddi Xirn: "Krouford bitta jang uchun rozi, u Madrimov emas!"
Amerikalik 36 yoshli bokschi meksikalik afsona Saul "Kanelo" Alvares bilan jang uchungina ringga qaytadi. Terens engil, birinchi yarimo'rta, yarimo'rta va birinchi o'rta vazn toifalarida o'z janglarini o'tkazib kelyapti.
"Krouford faqat Kanelo Alvares bilan jang qilmoqchi. Uni boshqa hech kim qiziqtirmaydi. Virjil Ortis bilan jang ham unga qiziq emas. Isroil Madrimovga ham revansh bermaydi. Terens aniq Jaron Ennis bilan jang o'tkazmaydi. Yana kim bor? Sebastyan Fundora? Yo'q, u katta daromad keltiradigan jangni xohlayapti. Kroufordni Kanelodan boshqa janglar qiziqtirmaydi", — deya Xirnning so'zlarini keltiradi vRINGe.com.
Eslatib o'tamiz, Krouford so'nggi jangini 4 avgust kuni hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi o'tkazib, 12 raund to'liq davom etgan bahsda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Fikrlar