06 okt 09:35
Yangiliklar
Futbol

Edgardo Bausa: “Messisiz o'ynashga tayyormiz”
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Edgardo Bausa JCH-2018 saralashi doirasidagi Peru va Paragvayga qarshi o'tkaziladigan muhim uchrashuvlar oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Eng yaxshi futbolchimizning yo'qligi bizning jamoa uchun - chaqiriq. Umid qilamanki, noyabr oyida bo'lib o'tadigan Braziliya va Kolumbiya bilan o'yinlarda Messi maydonga tushadi.
Ammo hozir Leosiz o'ynashga ham tayyormiz. Dibala “Palermo”da ham o'ng qanotda o'ynagan. U vinger sifatida harakat qiladi”, – deydi Bausa.
Havola :
Fikrlar