14 sen 09:26
Yangiliklar
Tennis
Ejeni Bushar Istanbul turniri finalida kortga chiqdi
Turkiyaning Istanbul shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasidagi turnir yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 272-pog'onadan joy olgan Ejeni Bushar hamda dunyoning 88-raketkasi bo'lib turgan ruminiyalik Patriciya Mariya Tig o'zaro to'qnash kelishdi.
Birinchi setni 6/2 hisobida o'z foydasiga hal qilgan kanadalik maftunkor tennis malikasi yakunda alamli mag'lubiyatga uchradi - 6/2, 1/6, 6/7(4). Bu Tig uchun faoliyatidagi ilk sovrin edi. Ruminiyalik tennischi $25,000 hamda 280 reyting ochkosiga ega bo'ldi. Bushar esa $14,000 va 180 ochko qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar