So’nggi yangiliklar

17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 22:41Ислам Махачевнинг спарринг шериги UFC'да дебют қилди 0 22:08UFC Абу-Даби. Ризван Куниев америкалик рақибини аямади 0 21:40Узоқ кутилган Абубакар Вагаев — Сайгид Изагахмаев жанги тўлиқ давом этди 0

19 iyu 09:58
Yangiliklar

Engil atletika

Ekaterina Voronina olimpiada chempionligini ko'zlamoqda

SHu yil 21-24 aprel kunlari Qatarning Doha shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatining ettikurash bahslarida oltin medalni qo'lga kiritgan engil atletika bo'yicha milliy terma jamoamiz azosi Ekaterina Voronina sportchilik faoliyati, erishgan yutuqlari va maqsadlari haqida gapirdi.

– Engil atletika to'garagiga ilk marotaba 11 yoshimda kelganman va bu sport turining ilk sir-asrorlarini mamlakatimizning eng tajribali murabbiyalaridan biri Elena Svechnikovadan o'rgana boshlaganman. Mashg'ulotlarning dastlabki kunidanoq berilgan mashqlarni qunt bilan o'rganib, har birini to'g'ri bajarishga bor kuch-g'ayratim bilan harakat qilar edim.

Dastlab tuman, shahar va mamlakat miqyosidagi musobaqalarda toblanib, mahoratimni oshirib bordim. Xalqaro maydondagi ilk sovrinimni 2007 yili Belarusning Brest shahri mezbonlik qilgan o'smirlar va qizlar o'rtasidagi I EvroOsiyo sport o'yinlarida qo'lga kiritdim. O'shanda musobaqaning nayza uloqtirish bahslarida 40,86 metr natija ko'rsatib, kumush medalga ega chiqqandim.

SHuningdek, yillar davomida o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdim va 2013 yilda Buxoroda bo'lib o'tgan Universiada musobaqalarining balandlikka sakrash bahslarida shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldim. O'sha yili Hindistonning Puna shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatining ettikurash bahslarida esa 5599 ochko bilan kumush medalga sazovor bo'ldim.

2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahri mezbonlik qilgan XVII yozgi Osiyo o'yinlarining ettikurash bellashuvlarida 5912 ochko jamg'arib, oltin medal bilan taqdirlandim.

2015 yil ham men uchun juda omadli o'tdi. CHexiyadagi xalqaro turnirda balandlikka sakrashda kumush, Xitoyda o'tgan Osiyo chempionatida ettikurash bo'yicha oltin medal sohibasi bo'ldim. Kamtarona mehnatlarim yuqori baholanib, “SHuhrat” medali bilan taqdirlandim. 2016 yil fevral oyida Qatarda o'tkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatining beshkurash bahslarida 4224 ochko to'plab, nafaqat musobaqa g'olibi, balki ushbu natija bilan Osiyoning yangi rekordini o'rnatdim. O'sha yili XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etdim.

photo5206723819002243965.jpg

Bazan “shu yutuqlardan keyin sportdagi faoliyatingiz biroz to'xtab qolgandek bo'ldi”, qabilida savol berishadi. To'g'ri, sportchi bo'lsamda, aslida ayolman. Biz ayollar uchun esa oilaviy xayot eng muhimidir. SHu sababli ham faoliyatimda bir muddat tanaffus qildim. Lekin 2018 yilda mamlakat miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etib, 18 avgust – 3 sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o'tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o'yinlariga qatnashdim. Bu yilgi mavsumni esa Qatarning Doha shahrida tashkil etilgan engil atletika bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionatidan boshlab, ettikurash bahslarini oltin medal bilan yakunladim.

Oldimizda esa zabt etmoqchi bo'lgan marralar ko'p. Bu yilgi sport mavsumida ko'proq xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritish, 2020 yilga qadar eng yuqori jismoniy holatimni tiklab, Olimpiya o'yinlari oltin medalini qo'lga kiritishni maqsad qilganman.

Eslatib o'tamiz, engil atletikaning ko'pkurash yo'nalishida vatanimiz sharafini himoya qilib kelayotgan Ekaterina Voronina hozirda Xalqaro engil atletika federaciyasi reytingida 1 155 ochko bilan 20-pog'onada bormoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing