24 apr 08:13
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika			    
				 
				
			 
				Ekaterina Voroninadan ikkinchi oltin medal!
Qatar poytaxti Doxa shahrida o'tkazilayotgan engil atletika bo'yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. 
			Hamyurtimiz Ekaterina Voronina mazkur qita birinchiligi doirasida terma jamoamizning ikkinchi oltin medaliga egalik qildi.
Etti kurash yo'nalishi bo'yicha bahslarni boshlagan vakilamiz yakunda 6198 ball jamg'ardi. Unga eng yaqin kelgan taqibchi esa 5993 ochko to'plashga erishdi. Kuchli uchlikni 5829 ochko jamg'argan Xitoy terma jamoasi vakilasi C.Vang yakunlab berdi.
Eslatib o'tamiz, bir kun avval o'tkazilgan uch hatlab sakrash dasturida boshqa bir yurtdoshimiz Ruslan Qurbonov ham oltin medalga sazovor bo'lgan edi.

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar