17 mar 17:02
Yangiliklar
Dzyudo

Ekaterinburg “Katta Dubulg'a”. Sobirov va Husanov ilk davradayoq mag'lub bo'lishdi
Rossiyaning Ekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqa o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Xabar berganimizdek, bugun turnirning so'nggi kuni ikki hamyurtimiz musobaqa medallari hamda Tokio Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishi kerak edi.
Afsuski, har ikki dzyudochimiz ham o'z ishtiroklarini birinchi davradayoq yakunlashga majbur bo'lishdi.
-90 kg vazn toifasidagi vakilimiz SHahzodbek Sobirov rossiyalik Ismael Xamxoevga, +100 kg vazndagi dzyudochimiz Husniddin Husanov esa yana bir mezbon sportchi Anton Krivobokovga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar