13 may 14:48
Yangiliklar
Eksklyuziv! Bronza medalini qo'lga kiritgan Saidxon Sayfuddinov nimalar deydi?
"Ushbu musobaqa uchinchi marotaba o'tkazilmoqda. To'g'risini aytsam, bunday turnirda ilk marotaba finalda ishtirok etdim. Hayajon juda katta bo'ldi. Davlatimizning qo'llab-quvvatlashini his qilib turdim. Qo'limdan kelgan barcha ishni qildim va uchinchi o'rinni qo'lga kiritdim. Nasib qilsa, bundan keyingi turnirlarda birinchi o'rinni olib, O'zbekiston bayrog'ini balandlarga ko'taraman.
Raqiblar? Tan olaman, ular kuchli edi. Ularga qarshi oldin ham bahs olib borganman. Lekin, ishtirokim vaqtida ular haqida o'ylamadim. Natijani ham o'ylamadim. Natija va medal haqida o'ylasangiz, bu narsa sizga halal berib qolishi mumkin.
Oxirgi urinishda xatolik o'tkazdim. To'g'risini aytsam, hayajon kuchayib ketdi.
Nasib qilsa, mehnat qilishda davom etaman. 2020 yilda bo'lib o'tadigan Tokio Olimpiadasida ishtirok etishga harakat qilaman", - deydi sovrindor sportchimiz.
Nodirxo'ja Yuldashev
Ozarbayjon, Boku
Fikrlar