So’nggi yangiliklar

19:20Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда 0 18:59Жон Жонс Емельяненко билан "Қизил майдон"да жанг қилиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:38Кайо Борральо дю Плесси - Чимаев тўқнашуви учун захира жангчиси бўлади 0 18:16Анкалаев – Перейра жанги учун захира варианти маълум қилинди 0 18:14Волейбол. ЖЧ-2025. Гуруҳдаги сўнгги ўйинда Бельгияга ютқаздик 0 17:51Аёллар футболи. Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади 0 17:24Қозоғистонлик Азат Максумнинг кейинги рақиби, жанг санаси ва манзили расман эълон қилинди 0 17:01Эдди Хирн: "Ортис билан жанг албатта бўлади" 0 16:38Исроил Мадримов россиялик Жаҳон чемпиони билан жанг қилиш истагида — манба 0 16:15Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди 0 15:51UFC жангчиси Топурияга рақобат қила оладиган ягона жангчи кимлигини айтди 0 15:25Теннис маликаларимизнинг бари WTA рейтингида пастлади, тез орада Топ-1000`да бизникилардан ҳеч ким қолмайди 0 15:02Пётр Ян — Умар Нурмагомедов билан жанги ҳақида: "Бу менга нисбатан ҳурматсизлик бўларди" 0 14:40Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди - championat.asia 0 14:19Шаҳноза Мирзиёева Халқаро сузиш федерациясида лавозимга эга бўлди 0

05 sen 12:22
Yangiliklar

Futbol

Ektor Kuper: "Ertangi o'yinda terma jamoadan mo'jiza kutmang"

O'zbekiston - Suriya uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ektor Kuper ishtirok etdi.

Argentinalik mutaxassisga terma jamoa sardori Odil Ahmedov hamrohlik qildi. 

"Barchaga salom. 22 avgustdan buyon yig'in o'tkazayapmiz. Birinchi yig'inda asosan futbolchilar bilan tanishishga harakat qildim. 10-12 kunlik muddat davomida va oldingi ko'rgan o'yinlarimdan kelib chiqqan holda futbolchilarni optimal holatga olib kirishga harakat qildik. Terma jamoa o'yin uslubi va taktikasiga o'zgarishlar amalga oshirishga majbur bo'ldik. Bu narsa tugamadi, bu kelajak uchun qilingan ishlar hisoblanadi. Hozircha Janubiy Koreyada o'ynayotgan ikki futbolchi hali terma jamoa yig'iniga etib kelmadi. Bundan tashqari Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov kecha Toshkentga etib kelishdi. Ertaga Suriya va 11 sentyabr kuni Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvlari bor. Mana shu o'yinlardan keyin terma jamoa holati haqida gapirishim mumkin. Futbolchilarning barcha o'yinlarini kuzatib boraman va hozirgi chaqirilgan o'yinchilar keyingi yig'inlarda bo'lmasliklari ham mumkin, yangilar bo'lishi mumkin", - deydi Kuper.

"Barchani o'tgan bayram bilan tabriklayman. Yangi bosh murabbiy bilan ish boshladik. Oldinga qo'ygan maqsadga aynan mana shu murabbiy bilan birga erishishga harakat qilaman", - deydi Odil Ahmedov.

- Bilamizki, Ektor Kuper oldingi jamoalarida asosan himoyaviy o'yin namoyish etgan. O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari esa to'p bilan kuchli. Bizning jamoa bundan keyin qanday taktikada o'ynaydi?
- Birinchi navbatda shuni aytishim kerakki mendan oldin ishlagan har bir murabbiyni hurmat qilaman. Men hech qachon qaysidir murabbiy doimo himoyaviy yoki doimo hujumkor o'yin namoyish etadi deb o'ylamayman. Futbolchilarning harakatlarini ko'rib tushundimki terma jamoa azolari yaxshi saviyaga egalar. Ertangi bahsda bizdan mo'jiza kutmanglar, biz faqat kichik o'zgarishlar kiritdik xolos. Faqat bir oydan keyingina terma jamoa yuzini ko'rish mumkin bo'ladi. Balki ertaga biz ko'plab gollar ursak, mana Kuper keldi va shu bois kuchayib ketdik deb o'ylashingiz mumkin. Yo'q, yo'q. Terma jamoamiz asl qiyofasini faqat bir oydan keyin bilish mumkin.  

- Oldingi yillarda terma jamoamizda o'rtoqlik uchrashuvlarida o'ynagan tarkib rasmiy o'yinlarda deyarli o'ynamasdi. O'zingiz ham aytayapsiz legionerlar kelishi qiyin bo'layapti deb. SHu narsaga tayyormisiz?
- Men doim futbolchilarning jismoniy holatidan kelib chiqib ularni terma jamoaga chaqiraman. To'g'ri gapingizda jon bor. O'rtoqlik o'yinlari yangi o'yinchilarni sinovdan o'tkazish uchun kerak. Saralash bahslarida natija talab qilinadimi demak asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushishadi. Odil Ahmedovni bilamiz, terma jamoaning eng kuchli futbolchisi hisoblanadi. Bunga qadar shunday savollar ham bo'lgandi. Nega "Lokomotiv"dan 10 futbolchi chaqirildi yoki "Paxtakor"dan besh nafar. SHunday javob beraman: Ayni paytda mana shu futbolchilarning holati meni qoniqtirayapti. Agar keyingi yig'ingacha boshqa futbolchi o'zini ko'rsatsa uni ham terma jamoaga chaqiraman. 

- Siz yurtimizda yangi odamsiz. O'FA rahbariyati yoki xodimlar sizning yuqori talablaringizga mos ishlayaptimi?

- Hozircha O'FA tomonidan hech qanday kamchiliklar yoki qiyinchiliklar bor deb ayta olmayman. To'g'ri har doim kamchiliklarni to'g'rilasa bo'ladi. Men bahona qiladigan murabbiy emasman, shunchaki o'z ishimni qilaman. Hozirgi holatdan qoniqqan holda yanada yaxshi bo'lishiga umid qilaman. Futbolchilardan birinchi navbatda terma jamoani sevishni talab qilaman, o'z vatani jamoasida o'ynayaptimi demak oxirigacha kurashishi lozim.

- Yaqinda Indoneziyada Osiyo o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'yinlarini ko'rdingizmi. Ushba jamoadan qaysidir futbolchilarni o'zingiz uchun belgilab oldingizmi?
-  Oldin ham takrorlab o'tdim. Yaqinda qo'shiq ham aytishdi Despasito degan. Bu sekin-sekin degani. Ushbu terma jamoa barchaning tilida, ular kelgusida terma jamoaga chaqirilishi mumkin. Hozir faqat milliy terma jamoa haqida gapirishni istardim. Indoneziyadagi musobaqada ishtirok etgan jamoadagi futbolchilar terma jamoani kuchaytira olishadi.

- Siz va jurnalistlar bir maqsad yo'lida birlashishimiz kerak. 22 avgustdan boshlangan mashg'ulotlarning aksariyati yopiq holda o'tdi. Yani dastlabki 15 daqiqa ochiq va keyin jurnalistlar mashg'ulotdan chiqarib yuborildi. Bu sizning qaroringizmi yoki O'FAning?
- To'g'risi shu kunga qadar qanday bo'lganini bilmayman. Butun dunyoda dastlabki 15 daqiqa OAV uchun ochiq bo'ladi va undan keyin jurnalistlar chiqib ketishadi. Lekin sizning odatlaringiz qanday bo'lishini bilmayman, shu bois bu borada alohida gaplashib olamiz va bir qarorga kelamiz.

Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

   
05 sen 20:50:49
ufcking5
1 oydan keyin Kuperga baho beramamiz ekan tog'rida hali baho beriwga erta ertaga yutsayam yutqasayam salbiy yoki ijobiy fikr bildirmaylik do'stlar hali Kuper taktikasini 1 oydan keyin koramiz unga vaqt kerak va unda vaqt bor bizga (jch)ga chiqish muhim hamda osiyo chempionatida yaxwi ishtirok etish balki chempion bolar hudo hohlasa ammo yarim final va final ham yaxwi natija
   
05 sen 20:39:05
ufcking5
6-sentabr 20:00 sportdan jonli efir boladi
   
05 sen 19:44:10
student inshalloh
o'yin qachon boshlanar ekan biladigonlar bormi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing