06 avg 09:21
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/43069_220.jpg)
Ektor Kuper: "JCH-2022ga chiqish uchun ko'p mehnat qilish kerak"
Xabar berganimizdek, bugun tongda argentinalik mashhur murabbiy Ektor Kuper yurtimizga etib keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida mutaxassisni futbol jamoatchiligi kutib oldi. Kuper aeroportning o'zidayoq qisqa intervyu berishga ham ulgurdi.
- Nima deb o'ylaysiz, O'zbekiston 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqa oladimi?
- Men optimistik ruhda bu erga keldim. Nasib qilsa, albatta 2022 yili Qatarda o'tadigan mundialga chiqamiz. Faqat buning uchun ko'p mehnat qilish kerak.
- O'zbekiston terma jamoasi hozir qanday darajada deb o'ylaysiz?
- Yaxshi formada deya olaman. Ammo, albatta uni yanada yaxshilash kerak. Menga terma jamoa bilan to'liq tanishib olish uchun malum vaqt kerak bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar