So’nggi yangiliklar

19:35Назорат ўйини. Ўзбекистон U-19 Туркияни мағлуб этди 0 19:07Дана Уайт бошчилигида ташкил этилган бокс Лигасининг илк турнири эълон қилинди 0 18:42Тошкентда ўтказиладиган PWL 11 кураш турнирида кимлар иштирок этиши маълум бўлди. Спортчилар орасида Разамбек Жамалов, Заур Угуев ва Кайл Снайдер каби номлар бор (ПОСТЕР) 0 18:17Бокс бўйича катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионати тақвими маълум бўлди (ФОТО) 0 17:53Тўртта терма жамоа мухлислари АҚШга кириш тақиқи сабабли ЖЧ-2026 дан қуруқ қолишлари мумкин 0 17:29Адесенья октагонга кўтариладиган оқшомнинг иккинчи асосий жанги ҳам эълон қилинди 0 17:04Яхши хабар: Ўзбекистон спорт брэнди Италиянинг машҳур велоспорт клуби титул ҳомийсига айланди (ФОТО) 0 16:39Ислам Махачев қандай ҳолатда Илия Топурия билан жанг қилиши мумкинлигини айтди 0 16:16Нима учун МЮ Сульшерни эмас, Кэррикни танлади? 0 15:52Бенавидес Бетербиев ва Бивол билан жанг қилишни истайди 0 15:26"Уч раунд ичида финиш қиламиз". Пимблетт — Гэтжи билан жанг ҳақида гапирди 0 15:03Махачев: "Оқ уйда жанг қилишни истардим, аммо..." 0 14:41Хаби Алонсо истеъфосининг тафсилотлари ошкор қилинди 0 14:20"Одамларнинг хотираси қисқа. Тайсон уч карра жаҳон чемпиони бўлади" - Фьюрининг отаси 0 13:59"Махачқалъанинг "Динамо"сига ёрдамчилар керак" - Махачев Алонсонинг "Реал"дан кетиши ҳақида 0

06 dek 12:41
Yangiliklar

Futbol

Ektor Kuper: Osiyo chempioni bo'lsak, o'z ishimdan qoniqaman

Bundan bir necha daqiqa avval O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida Ektor Kuper, uning tarjimoni Davron Ahmedov va MOQ prezidenti maslahatchisi Sanat SHaripov ishtirok etmoqda. Tadbirni O'FA matbuot xizmati boshlig'i Yoqubjon Bobojonov olib bordi. 

- Avstraliyadagi yig'indan keyin jurnalistlarda ko'plab savollar paydo bo'ldi. Xatolarimiz etarlicha bo'ldi. Barcha uchun yutqazish yoqimsiz. Buning ijobiy tomonlari bor. Bu murabbiy uchun ijobiy. Yani mag'lubiyatdan so'ng kamchiliklarimizni bilib oldik. Osiyo Kubogi haqida gapiradigan bo'lsak umidim katta. Yigitlarni yaxshi tayyorlagan holda etarli kuch bilan boramiz degan umiddaman, - dedi Ektor Kuper.  

- Oltita o'rtoqlik o'yini va uchta yig'in sizga terma jamoani o'rganib olish uchun etarli bo'ldimi? 

- Men o'rtoqlik va rasmiy o'yinlarni ajratmayman. Ikkalasiga bir xil tayyorgarlik ko'ramiz. Franciya ham himoyaviy o'yin ko'rsatib Jahon chempioni bo'ldi. Agar men xato qilayotganimni sezsam darhol o'zgartiraman. Balki Osiyo Kubogida boshqacha taktikada o'ynarmiz. Buni bilmaymiz.

- Oktyabr oyida siz noyabr oyidagi yig'indan so'ng Osiyo Kubogiga boradigan tarkib 90 foizga aniq bo'ladi degandingiz. Superliga ham tugadi. Barchasi hal bo'ldimi?

- To'g'ri noyabr oyida degandim. Ammo oldinda yana bitta yig'in bor. Ushbu yig'inda ham bir qator yangi futbolchilarni sinab ko'ramiz. SHundan keyin yakuniy tarkibni aniqlaymiz.



- Livan bilan o'yindan oldin biz favorit hisoblangandik. Ammo o'sha jamoaga qarshi ham himoyaviy o'ynadik. Osiyo Kubogi guruh bosqichida o'zimizdan nisbatan ikkita terma jamoa bilan o'ynaymiz. O'sha o'yinlarda ham himoyaviy o'ynaymizmi?

- Nazariy jihatdan qaysidir raqib qog'ozda kuchsiz bo'lishi mumkin. Biz barcha raqibga bir xil yondoshamiz. Mening taktikam himoyaviy emas. Menga himoya qilish ham yoqadi, hujum qilamiz. Xavotir olmasangiz bo'ladi, bizda B plan bor. Yaxshi himoyalangan holda vaziyat bo'lgani zahoti hujumga o'tishga urinamiz.

- Odatda murabbiylarda ikki xil muammo bo'ladi. Bittasi futbolchi ko'pligidan ulardan qaysi birini chaqirishni bilmaydi, ikkinchisi futbolchi kamligidan qiynaladi. So'ramoqchi bo'lganim, Rossiyada o'ynayotgan Markov, Galiulin, Afonin va Denisov kabi futbolchilarga etibor qaratilmoqdami?

- Germaniyada futbolchilar ko'p. Lekin Jahon chempionatida guruhdan chiqa olmadi. CHetda o'ynayotgan futbolchilar hozirgi futbolchilardan kuchli deya olmaymiz yoki aksincha. Doim murabbiyning qaroriga qarshi chiqadigan odamlar bo'ladi. Bunday holatda muvozanatga erishish lozim.

- Hozirgi tarkibdan kelib chiqqan holda O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida qanday natija qayd etsa siz qoniqasiz?

- Osiyo chempioni bo'lsak. Bilasizmi, muxlislar doim natijaga etibor qiladi va taktikaga qiziqmaydi. Superligani kuzatdim, qanot himoyachilar juda yaxshi o'ynashmoqda. Ammo mening ham o'z qarashlarim bor, shunga qarab ishlaymiz. Noyabr oyida ikki o'yinda yuta olmadik ko'pchilik barchasi yomon deb aytdi, oktyabr oyida ikki o'yinda yutdik va barchasi yaxshi deyishdi. Ammo bunday emas. Barcha joyda kamchiliklarimiz bor. Ular ustida ishlashimiz kerak. 

- Maydonda barchasini futbolchi bajarishini hisobga olib Sizning taktikangiz balki futbolchilarga maqul kelmayotgandir. Ular bilan birga bir suhbatlashasizmi? Teoriyada nimalarni gaplashasizlar?

- Hozircha futbolchilar men talab qilayotgan ishni qila olishiga 100 foiz ishonaman. Men murabbiyman, barcha xato qiladi. Agar o'yinchilar buni bajara olmayaptimi uni o'zgartirishimiz mumkin. 

- Turkiyadagi yig'indagi raqiblar malum bo'ldimi? 

- U erda bitta o'rtoqlik uchrashuvi bo'ladi. 26 yoki 27 dekabr kuni o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz. 

Muxlisdan savol: - Osiyo Kubogida ham shunday o'ynaymizmi? Yoki Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz bilib qolmasligi uchun o'yinni ochmadingizmi? 

-  Barcha terma jamoada o'z taktikalari bo'lishi kerak. Osiyo Kubogida ham shu uslubda o'ynaymiz deb bo'lmaydi. Barcha jurnalistlar pessimistik ruhda savollar berishmoqda. Men esa optimistik ruhdaman. Xudo xohlasa Osiyo Kubogida ham chempion bo'lishimiz mumkin.

Muxlisdan savol: Rossiya ham Jahon chempionatidan avval barcha o'rtoqlik o'yinlarida salbiy natija qayd etdi va mundialda ajoyib o'ynadi. Sizga "ayyor finalchi" degan laqab qo'yilgan. Sizdan ham Osiyo Kubogi finalini kutishimiz mumkinmi?

- To'ppa to'g'ri. Ilojsiz narsaning o'zi yo'q. Osiyo Kubogida nafaqat finalga chiqish balki g'alaba qozonish ham mumkin. Mag'lubiyatlardan keyin jurnalistlarda ham, muxlislarda ham kayfiyat tushib ketadi. Menda bu narsa ko'p bo'lgan. 

Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing